
SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
SESSIYA OLDI O‘RGANISHI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Paxtachi MFY profilaktika inspektori bilan suhbat o‘tkazildi.
🌐 Suhbat davomida Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbarining hisoboti oldidan mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, mahallada osoyishtalikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mavjud muammolarni aniqlash masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masala yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda tegishli xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi.