Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 275486
Gallery image 275487
Gallery image 275488
Gallery image 275489
Gallery image 275490
Gallery image 275491
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 Okt 2026
11:28

Kotib

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Adolat SDP a’zosi Shoanvar Shomaxmudov tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani obodonlashtirish boshqamasiga yo‘llangan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

So‘rovda “Sayram” mahallasi “Ziyolilar” ko‘chasidagi daraxt shoxlari elektr simlariga tegib qolishi va qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi oqibatida elektr tarmog‘ida muammolar yuzaga kelayotgani sababli daraxtlarga shakil berish hamda hududni obodonlashtirish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, bugungi kunda so‘rovda ko‘rsatilgan muammolar bartaraf etildi.