Barcha yangiliklar







YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
26 Okt 2026
11:24
🔰Deputat va mahalla «yettiligi» hamkorligi.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva “Qaliya” MFY “yettiligi” va mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔸O‘rganish davomida hududdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashilib, ularning infratuzilma, kredit va faoliyatdagi boshqa to‘siqlari tinglandi. Bir qator masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan muammolar ijrosi bo‘yicha mas‘ullarga ko‘rsatmalar berildi.
🔸Shuningdek, mahalladagi savdo do‘konlarida eng zaruriy mahsulotlar zaxirasi, ularning sifati va narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi. Sun‘iy narx oshirilishining oldini olish bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiyalar berildi.