

4-BAND IJROSI: OLMАZOR MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
4-BAND IJROSI: OLMАZOR MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor MFY hokim yordamchisi bilan suhbat o‘tkazildi.
🌐 Suhbat davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi farovonligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.