Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 275469
Gallery image 275470
Gallery image 275471
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
11:16

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🤝 TADBIRKORLIK SUBYEKTI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan 6-sonli Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M. Madarqulovning saylov okrugiga qarashli “Dehqonariq” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor H. Parmonovning tadbirkorlik subyekti faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida tadbirkorlik subyektida yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlari hamda tadbirkorning ish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tadbirkor bilan o‘zaro fikr almashilib, uning faoliyati davomida duch kelayotgan masalalari va takliflari yuzasidan suhbat olib borildi.

Muloqot davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube