

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
♾Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Jabborova Elbek mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, tadbirkorlikka jalb qilish, yosh qizlar bilan ishlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🌐Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, murojaat va takliflar tinglandi. Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅Deputat tomonidan mahallalarda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularning faolligini oshirish va farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.