Barcha yangiliklar
4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 275467
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
11:12

4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

 4-BAND IJROSI: KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Elbek mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishilib, aholini ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🙏 Shuningdek, fuqaro Xudoyberdiyevaning chorvachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit olish bo‘yicha murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirish ishlari amalga oshirildi.

✅ O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va mahallaning imkoniyatlaridan kelib chiqib, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini oshirish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar fuqarolar murojaatlarini hal etish, oilalarning daromadlarini oshirish va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.