Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA QARORI: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH ISHLARI O‘RGANILADI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Okt 2026
11:11

DOIMIY KOMISSIYA QARORI: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH ISHLARI O‘RGANILADI

 DOIMIY KOMISSIYA QARORI: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH ISHLARI O‘RGANILADI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yil 21-oktabrdagi DKQ 03-02/171-26-son qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari ijrosining tumandagi holatini kompleks o‘rganish belgilandi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
💎 Profilaktika inspektorlari faoliyatini belgilangan mezonlar asosida baholashning xolisligi va hisobotlarning haqqoniyligini tekshirish;
💎 Tuman va mahallalar kesimida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar holatini tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash;
💎 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, individual profilaktika tadbirlarini tashkil etish va takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini o‘rganish;

💎 Profilaktika inspektorlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi samaradorligini baholash;

💎 Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

✅ Qaror bilan ishchi guruhni shakllantirish, o‘rganish ishlarini tasdiqlangan savolnoma asosida olib borish hamda yakuniy tahliliy ma’lumotlarni doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish vazifalari belgilandi.

✅ Mazkur o‘rganish huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan.