


Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
24 ta savolnoma asosida mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Gulchexra Axmedova tomonidan “Iqtidor” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori va tegishli mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.