










MIROBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️MIROBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov, qo‘mita raisi o‘rinbosari Bahrom Abdullayev, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva ishtirok etdi.
🔺 Sessiyada tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi bandligini oshirish, mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish hamda mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
📊 Muhokamalar davomida Mirobod tumanidagi kriminogen vaziyat, profilaktika tadbirlarining samaradorligi hamda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, tumandagi 39 ta mahallaning 8 tasi “yashil”, 29 tasi “sariq” va 2 tasi “qizil” toifaga kiritilgani qayd etilib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha manzilli choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
📋 Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, norasmiy bandlikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📁 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva ham mazkur jarayonlarda ishtirok etib, hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash, aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish va mahallalarda mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan muhokamalarda qatnashdi.
📍 Sessiya yakunida mas’ul tashkilotlar oldiga jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan ustuvor vazifalar qo‘yildi.
🔍 Sessiyadan so‘ng senatorlar tumandagi situatsion markaz faoliyati bilan tanishdilar. Markazda hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kommunal xizmatlar, infratuzilma, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar murojaatlarini monitoring qilish tizimi ko‘zdan kechirildi.
✅ Mazkur jarayonlar hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, davlat organlari va mahalliy Kengashlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi masalalar yuzasidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash