Barcha yangiliklar









SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
09:59
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Yoshlar_maslahat_guruhi
📚 USTOZ — VATAN TARAQQIYOTINING BUYUK BUNYODKORI
🇺🇿 Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-“Poshxurt” saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
💬 Ustozga ehtirom — yuksak ma’naviyat belgisi!
Uchrashuv doirasida “Ustoz — Vatan taraqqiyotining buyuk bunyodkori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek, yoshlarni bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar etib tarbiyalash masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
🎓 Ta’kidlanganidek, ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki yoshlarni hayotga tayyorlaydigan, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan, qalbida ezgu maqsadlar va yuksak orzularni shakllantiradigan fidoyi insondir. Har bir sohada erishilayotgan yutuqlar zamirida ustozlarning mashaqqatli mehnati, sabr-toqati va bebaho tajribasi mujassam.
🤝 Uchrashuv yakunida yoshlarni doimo izlanishga, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga, ustozlar o‘gitlariga amal qilib, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Zero, ustozga hurmat — ilmga hurmat, ilmga hurmat esa kelajak va taraqqiyotga hurmatdir!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube