Barcha yangiliklar









SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
09:27
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#162_ta_Qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📌 MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashning 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qarashli “Galaguzar” mahallasida deputatlik faoliyatining 24 ta yo‘nalishi doirasida mahalla xotin-qizlar faoli D.Jo‘rayevaning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda ularning ijtimoiy holatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📍 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 Aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 Amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.
📊 O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi farovonligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube