Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 275419
Gallery image 275420
Gallery image 275421
Gallery image 275422
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
26 Okt 2026
09:00

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
📌 Sessiya qarori qabul qilindi


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-27-107-8-119-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoniga muvofiq, Sherobod tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi qaror bilan quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratildi:

🛣 Chag‘atoy mahallasi ichki ko‘chalarini asfaltlash uchun tayyor asfalt materiallarini sotib olish;
🏥 Tuman tibbiyot birlashmasi uchun 300 kVt quvvatli 2 dona isitish qozonini xarid qilish;
🏢 Do‘stlik mahallasi hududidagi ko‘p kvartirali uylarning fasad qismlarini ta’mirlash va ularga zamonaviy ko‘rinish berish.

Mazkur qaror tuman infratuzilmasini yaxshilash, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik sharoitlarini mustahkamlash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube