Barcha yangiliklar
📚 Maktab kutubxonasi — ma’rifat va bilim maskani!
Gallery image 275408
Gallery image 275409
Gallery image 275410
Gallery image 275411
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
22 Sen 2026
00:00

📚 Maktab kutubxonasi — ma’rifat va bilim maskani!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z.Esirgapova, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Saidova hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonovlar Savrak mahallasidagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining holati bilan tanishdilar.

🔎 O‘rganish davomida maktab kutubxonasining moddiy-texnik holati, mavjud adabiyotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutubxona faoliyatining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

📖 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-son Qonuni talablari asosida kutubxona faoliyati o‘rganildi.

🌱 Kitobga oshno qalb — kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi!