




KENGASH SESSIYASI: MAS’ULIYAT VA NATIJADORLIK
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasida kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglandi.
Sessiya davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi murojaatlari ijrosi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy budjet daromadlarini oshirish, aholi bandligi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yuksaltirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy maqsad — aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni izchil rivojlantirish va belgilangan vazifalar ijrosida yuqori natijadorlikka erishish.