Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining 27-sessiyasi kun tartibiga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish va mahalliy budjet daromadlarini oshirishga oid masalalar kiritilgan.

Sessiyada tuman prokurori B.Usmonovning 2026-yil III choragida kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi.
Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Artikоvning xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi hisoboti ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi, hududlarni obodonlashtirish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va ekologiya masalalari muhokama qilinadi.
Tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Shamsutdinovning mahalliy budjet daromadlari, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash hamda soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumi yuzasidan hisoboti ham kun tartibidan o‘rin olgan.