Barcha yangiliklar
BO‘STON TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI KUN TARTIBI BELGILANDI
Gallery image 275381
Gallery image 275382
Gallery image 275383
Gallery image 275384
Gallery image 275385
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
26 Okt 2026
08:32

BO‘STON TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI KUN TARTIBI BELGILANDI

2026-yil 23-oktabr kuni Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasini o‘tkazish belgilandi.

Sessiya kun tartibidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat hujjatlari ijrosini ta’minlash va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar o‘rin olgan.

Jumladan, tuman hokimi S. Nosirovaning 2026-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi.

Shuningdek, «Ijro intizomi nazorati — ijro.gov.uz» tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va yig‘ilish bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinadi.

Mazkur masalalar aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va belgilangan topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.