Barcha yangiliklar
#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi
Gallery image 275309
Gallery image 275310
Gallery image 275311
Gallery image 275312
Gallery image 275313
Gallery image 275314
Gallery image 275315
Gallery image 275316
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Okt 2026
18:02

#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni dastlabki ko‘rib chiqish va muhokama etish maqsadida tegishli doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, ekspertlar guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi vakillari, shuningdek, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri — Oltinsoy tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Ekologik barqarorlikni ta’minlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF–206-son Farmoni ijrosini tumanda tizimli tashkil etish borasidagi hisoboti bo‘ldi.

Hisobotda hududlarning yashillik darajasini oshirish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalarni ekish hamda parvarishlash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ekologik muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli fikr va takliflar umumlashtirilib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz