Barcha yangiliklar
#Sessiya_kuntartibi #Doimiy_komissiya #Yashil_makon #Ekologiya #Oltinsoy_tumani
Gallery image 275250
Gallery image 275251
Gallery image 275252
Gallery image 275253
Gallery image 275254
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
24 Okt 2026
17:47

#Sessiya_kuntartibi #Doimiy_komissiya #Yashil_makon #Ekologiya #Oltinsoy_tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi “Ekologik barqarorlikni ta’minlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF–206-sonli Farmoni ijrosini tumanimizda uzviy hamda tizimli tashkil etish, hududlarning yashillik darajasini oshirish va ekologik muhitni yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Oltinsoy tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov qatnashdilar.

🌳 O‘rganish davomida: Muloqot chog‘ida navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar, kuzgi ko‘chat ekish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan reja va ko‘rsatkichlarning ijrosi hamda sohadagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz