Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 275198
Gallery image 275199
Gallery image 275200
Gallery image 275201
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
24 Okt 2026
12:19

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilish kun tartibidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Sharof Rashidov tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi masala o‘rin oldi.

🔹 Mazkur masala yuzasidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i hisobot berdi. Hisobotda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlarini ish bilan ta’minlash, ular uchun ish o‘rinlarini belgilash hamda zaxiraga qo‘yish masalalari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

🔹 Yig‘ilish davomida masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.