Barcha yangiliklar
🔰Aholi murojaatlari tinglandi.
Gallery image 275124
Gallery image 275125
Gallery image 275126
Gallery image 275127
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
24 Okt 2026
10:17

🔰Aholi murojaatlari tinglandi.

📌Jizzax shahridagi “Jizzaxlik” MFY binosida Jizzax shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari hamda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Azimov hamkorligida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Unda “Jizzaxlik” va “Qassoblik” mahallalarida yashovchi fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildilar.

🔸Muloqot avvalida bugungi kunda mahallalarda aholi farovonligini oshirish, ichki infratuzilmani yaxshilash va “Mahalla yettiligi” tizimi asosida ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tildi. 

🔸Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida murojaatlarning 16 tasi joyida ijobiy hal etildi, 5 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 4 ta murojaat nazoratga olinib, masʼullarga topshirildi.