Barcha yangiliklar
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 275095
Gallery image 275096
Gallery image 275097
Gallery image 275098
Gallery image 275099
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
23 Okt 2026
05:37

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Yig‘ilishda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Jumladan, tumanda “Chinoz va Oltiariq” tajribasi asosida energiya samaradorligi oshiriladigan ko‘p kvartirali uylarning manzilli dasturi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, shuningdek, 2026–2027-yil novegetatsiya davrida sug‘orish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar davomida mas’ullarning axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mavjud masalalar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, ularni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.