Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Gallery image 275060
Gallery image 275061
Gallery image 275062
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
22 Okt 2026
01:14

Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashiga 15-Yangiariq saylov okrugidan saylangan deputat Gulshexra Turdiyeva tomonidan saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2026-yilning o‘tgan choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Uchrashuvda deputatlik faoliyati doirasida olib borilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, saylovchilarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan fikr almashildi. 

Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik faoliyatining ochiqligini oshirishga xizmat qiladi.