Barcha yangiliklar
ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Gallery image 275007
Gallery image 275008
Gallery image 275009
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Okt 2026
01:00

ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topayotgan fuqaroning xonadonida bo‘lib, issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida issiqxonada yaratilgan sharoitlar, ekinlarni parvarishlash jarayoni hamda ushbu faoliyat orqali oilaviy daromadni oshirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va oilalar farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hududlarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.