Barcha yangiliklar
O‘ZBEK TILI — MILLATIMIZ G‘URURI VA MA’NAVIY BOYLIGI
Gallery image 274996
Gallery image 274997
Gallery image 274998
Gallery image 274999
Gallery image 275000
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Okt 2026
00:49

O‘ZBEK TILI — MILLATIMIZ G‘URURI VA MA’NAVIY BOYLIGI

O‘ZBEK TILI — MILLATIMIZ G‘URURI VA MA’NAVIY BOYLIGI

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni ifodalashdagi o‘rni, uning boy tarixi va betakror jozibasi, ona tilimizni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida unga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy merosimiz!