
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va xalqimizning bebaho boyligidir.
📜 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. 1995-yil 21-dekabrda esa “Davlat tili haqida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
O‘zbek tili — millatimizning ruhi, tariximizning ko‘zgusi va kelajagimizning mustahkam poydevori.
🌍 Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida millionlab insonlar o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu esa tilimizning nufuzi va xalqaro miqyosdagi ahamiyati ortib borayotganidan dalolatdir.
Ona tilimizni asrash, uning sofligini ta’minlash, boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etamiz! Ona tilimiz hamisha qadrlansin, ravnaq topsin va qalblarimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otib tursin!