




AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-“Xalqabod” saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFY hududidagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida markazdagi mavjud adabiyotlar fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, kitob fondini boyitish, moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash va kitobxonlar qamrovini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda markaz faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.