Barcha yangiliklar
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Gallery image 274989
Gallery image 274990
Gallery image 274991
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
20 Okt 2026
00:41

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva o‘zi saylangan Orol MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Shuningdek, mahalla hududidagi mavjud masalalar hamda aholini qiynayotgan kundalik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Bildirilgan murojaat va takliflar tegishliligi bo‘yicha o‘rganish uchun qayd etilib, ularning yechimi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan muntazam muloqotda bo‘lish, ularning manfaatlarini ifoda etish va murojaatlar ijrosini nazorat qilish deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.