


SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
SESSIYA OLDIDAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
19-oktabr kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFY hududida bo‘lib, sessiya oldidan fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
Tashrif davomida mahalla infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Muloqot jarayonida aholining kundalik hayotida uchrayotgan masalalar, murojaatlari hamda hududni yanada obod qilishga doir takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilash hamda ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar sessiya muhokamalarida hududdagi dolzarb masalalarni ko‘tarish, fuqarolar manfaatlarini ifoda etish va ularning murojaatlari yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.