Barcha yangiliklar











MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
20 Okt 2026
00:39
ESKIRGAN ELEKTR USTUNLARI BETON USTUNLARGA ALMASHTIRILMOQDA
ESKIRGAN ELEKTR USTUNLARI BETON USTUNLARGA ALMASHTIRILMOQDA
Kecha 19-oktabr kuni Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyat mudiri A. Avliyakulov o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFY hududida elektr tarmoqlarini yangilash doirasida o‘rnatilayotgan beton ustunlar jarayoni bilan tanishdi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar holati, elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun yanada xavfsiz va barqaror elektr ta’minotini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.