Barcha yangiliklar





MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
20 Okt 2026
00:28
OROL MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
OROL MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFYsida Kengash kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda mutaxassis K. Abdullayeva ishtirokida Orol MFY hududida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish davomida asfaltlangan yo‘llarning holati, bajarilgan ishlar sifati hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.