


UZUMCHILIK BILAN SHUG‘ULLANAYOTGAN FUQARO XONADONI O‘RGANILDI
UZUMCHILIK BILAN SHUG‘ULLANAYOTGAN FUQARO XONADONI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Orol MFY hududida uzumchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro xonadoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida xonadonda uzum yetishtirish faoliyati bilan tanishilib, fuqaroning ushbu yo‘nalishdagi tajribasi, mavjud imkoniyatlari, faoliyatini yanada rivojlantirishga oid takliflari hamda duch kelayotgan masalalari tinglandi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov va kotibiyat mutaxassisi K. Abdullayeva ham ishtirok etdi.
Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda xonadonlarda tadbirkorlik va daromad manbalarini rivojlantirishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.