


3-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
3-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva tomonidan hududdagi 3-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktab binosining isitish tizimi, mavjud isitish uskunalarining texnik holati hamda sinfxonalarda o‘quvchilar uchun yetarli haroratni ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sovuq kunlar boshlanishidan oldin isitish tizimini to‘liq ishga tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalarida munosib sharoitlarni ta’minlashning muhim omili.