Barcha yangiliklar
YANGIHAYOT MFYDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 274972
Gallery image 274973
Gallery image 274974
Gallery image 274975
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Okt 2026
00:24

YANGIHAYOT MFYDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI

YANGIHAYOT MFYDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” asosida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Xususan, mahallada piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida transformator o‘rnatish hamda tungi yoritish chiroqlarini joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlarning ijrosi va mavjud infratuzilmaning holatiga e’tibor qaratilib, hududni yanada obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi o‘rganildi.