Barcha yangiliklar
XONADONMA-XONADON YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Gallery image 274970
Gallery image 274971
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Okt 2026
00:13

XONADONMA-XONADON YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

XONADONMA-XONADON YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida bo‘lib, xonadonma-xonadon yurib, fuqarolar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan masalalar, mavjud ehtiyojlari, murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan fikrlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi hamda ularni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday muloqotlar aholi bilan bevosita aloqani mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning takliflarini tegishli mas’ullarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot — murojaatlarni o‘rganish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim yo‘nalishi.