




YANGIHAYOT MFYDA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI O‘RGANILDI
YANGIHAYOT MFYDA ASFALT YOTQIZISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida bo‘lib, Ma’rifat ko‘chasida amalga oshirilgan asfalt yotqizish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
Jarayonda bajarilgan ishlarning holati, ko‘chaning transport qatnovi uchun qulayligi hamda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarining aholi turmush sharoitiga ta’siri ko‘zdan kechirildi.
Mazkur kabi ishlar mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish va hududlarni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.