


YANGIHAYOT MFYDA KO‘PRIKLAR QURILISHI YUZASIDAN AHOLI FIKRI O‘RGANILDI
YANGIHAYOT MFYDA KO‘PRIKLAR QURILISHI YUZASIDAN AHOLI FIKRI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat, taklif va mulohazalarini tingladi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” asosida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Xususan, Yangihayot MFY hududida ko‘priklar qurilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholi bilan fikr almashildi.
Fuqarolarning qurilish jarayoni, mavjud ehtiyojlar hamda ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflari tinglanib, bildirilgan murojaatlarni o‘rganish va ularning ijrosini nazoratga olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni aholi fikri asosida baholash, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.