Barcha yangiliklar
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 274956
Gallery image 274957
Gallery image 274958
Gallery image 274959
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
19 Okt 2026
23:40

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA AHOLI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan hududda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov mahalladagi “yettilik” vakillari bilan suhbatlashib, ularning kundalik faoliyati, aholi bilan muloqotni tashkil etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayoni bilan tanishdi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash va mahalla yettiligi a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Samarali hamkorlik va manzilli yondashuv — mahalladagi masalalarni o‘z vaqtida hal etishning muhim omili.