


HAFTALIK ISH FAOLIYATI SARHISOB QILINIB, YANGI VAZIFALAR BELGILANDI
HAFTALIK ISH FAOLIYATI SARHISOB QILINIB, YANGI VAZIFALAR BELGILANDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan kotibiyat xodimi ishtirokida o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, navbatdagi vazifalar muhokama qilindi.
Suhbat davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda saylov okruglarida olib borilayotgan ishlarni izchil muvofiqlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Yakunida joriy hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olinib, ishlarni sifatli tashkil etish, ijro intizomiga rioya qilish va kotibiyat faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.