
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 19-23 OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMAN KENGASHINING 2026-YIL 19-23 OKTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
19-oktabr, dushanba
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish. Deputatlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
20-oktabr, seshanba
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazish
21-oktabr, chorshanba
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish, KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni o‘rganish hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritish
22-oktabr, payshanba
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini manzilli o‘rganish va samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish.
23-oktabr, juma
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlar va mas’ullar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni umumlashtirish va tahlil qilish. Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallarni tahlil qilish, samaradorligini baholash hamda kelgusida yoritilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash. Keyingi haftaga mo‘ljallangan ish rejasini shakllantirish, ustuvor vazifalarni belgilash hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berish.
Mas’ullar:
A. Avliyakulov, K. Abdullayeva,