
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarga sifatli bilim berilishini ta’minlash hamda maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Umumta’lim maktablarining malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘qituvchilarning ma’lumoti, malaka toifalari va mavjud vakant o‘rinlar;
🔹 Fanlar kesimida o‘qituvchilar yetishmovchiligi, mutaxassisligiga mos bo‘lmagan fanlardan dars berish holatlari hamda ushbu muammolarni bartaraf etish choralari;
🔹 Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlari, shuningdek, o‘quvchilar bilim darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar.
Deputatlik so‘rovidan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumandagi maktablarda pedagog kadrlar bilan bog‘liq mavjud muammolarni aniqlash, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surishdan iborat.
Ta’lim sifati — kelajak poydevori. Malakali pedagog va sifatli ta’lim esa yosh avlod kamolotining muhim omilidir.