Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
TAXCHIYEVA DJAMILA SAFAROVNA
17 Okt 2026
22:46

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan Uchqizil mahallasida kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, gaz bosimining pasayishi va ta’minotdagi uzilishlarning oldini olish masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda mahalladagi mavjud gaz ta’minoti holatini o‘rganish, gaz bosimining pasayishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda gaz tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini baholash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, gaz bosimi pasayishi yoki ta’minot uzilishi kuzatiladigan hududlar, buning sabablari va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Maqsad — kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlash orqali fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish.