Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
TAXCHIYEVA DJAMILA SAFAROVNA
17 Okt 2026
22:45

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan tumanda aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda joriy yil davomida tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari, mavjud vakant lavozimlar va ishga joylashtirilgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan samarali foydalanish hamda bandligi ta’minlanmagan fuqarolarni ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik so‘rovining asosiy maqsadi — tumanda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish samaradorligini oshirish va fuqarolarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdan iborat.