
MAHALLADA AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
MAHALLADA AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda hokim yordamchisi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aniqlangan masalalar yechimini ta’minlash va davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada bandlik va daromadlarni oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.