Barcha yangiliklar
OBOD KO‘CHASINI ASFALTLASH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
TAXCHIYEVA DJAMILA SAFAROVNA
17 Okt 2026
22:44

OBOD KO‘CHASINI ASFALTLASH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

OBOD KO‘CHASINI ASFALTLASH YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan Uchqizil MFY Obod ko‘chasi aholisining murojaati o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan ko‘chani asfaltlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan taklif bildirildi.

Mazkur murojaatni inobatga olgan holda, Obod ko‘chasini asfaltlash ishlarini kelgusi yilga mo‘ljallangan tegishli hududiy dasturga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda ko‘tarilgan masalaning yechimi aholi uchun qulay sharoit yaratish va mahalla yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.