
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARIGA E’TIBOR QARATILDI
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARIGA E’TIBOR QARATILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Termiz MFY hududida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, aholini qiynayotgan masalalar, ularning murojaat va takliflari atroflicha tinglandi.
Muloqot davomida mahalla hayotiga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganish, ularning qonuniy yechimini topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish muhimligi ta’kidlandi.