




TARIXIY MEROSNI ASRASH — KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI BURCHIMIZ
TARIXIY MEROSNI ASRASH — KELAJAK AVLODLAR OLDIDAGI BURCHIMIZ
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tumandagi “Termiziylar tarixi merosi” muzeyiga tashrif buyurib, uning faoliyati va muzey fondidagi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida milliy qadriyatlarimiz, ajdodlarimiz turmush tarzi, hunarmandchilik an’analari va hududimizning boy tarixidan hikoya qiluvchi eksponatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etish hamda yosh avlod qalbida milliy o‘zlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzeyning yoshlar va keng jamoatchilik uchun ma’naviy-ma’rifiy maskan sifatidagi ahamiyati, hudud tarixini o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasidagi imkoniyatlariga ham e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Tarixini qadrlagan xalq kelajagini mustahkamlaydi. Milliy merosimizni asrash va uni avlodlarga yetkazish — ma’naviy qadriyatlarimiz davomiyligini ta’minlashning muhim omilidir.