Barcha yangiliklar

XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
17 Okt 2026
22:37
MAKTABGA OLIB BORUVCHI YO‘LDA HARAKAT XAVFSIZLIGI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
MAKTABGA OLIB BORUVCHI YO‘LDA HARAKAT XAVFSIZLIGI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi tomonidan Yangihayot MFYdagi 1-maktabga olib boruvchi ichki yo‘lda transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanayotgani yuzasidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Mazkur holat, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash nuqtayi nazaridan e’tibor talab etadi. Shu munosabat bilan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, maktabga kirish va chiqish qismlarida transport vositalari tezligini cheklash maqsadida sun’iy notekisliklar o‘rnatish hamda zarur yo‘l belgilarini joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.