

Murojaatlar_daftari
Murojaatlar_daftari
Qo‘ng‘irot va At-Termiziy mahallalarini bog‘lovchi yo‘lda temir yo‘l hamda mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘li kesishgan hududda harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarildi.
Mazkur hududda piyodalar o‘tish joyi va yo‘l belgilari mavjud bo‘lishiga qaramay, ayrim transport vositalarining belgilangan tezlik me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanishi kuzatilmoqda. Bu esa piyodalar, ayniqsa, bolalar xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin.
Shu munosabat bilan, transport vositalari tezligini cheklash maqsadida sun’iy notekislik yoki svetofor o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat fuqarolar murojaatlari daftariga qayd etilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish nazoratga olindi.