Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Gallery image 274932
Gallery image 274933
XAKIMOV SIROJIDDIN TURAYEVICH
17 Okt 2026
22:35

DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlik so‘rovi asosida Uchqizil MFY hududidagi transformator qurilmasining xavfsizlik holati tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida transformator atrofi ochiq holatda ekanligi aniqlanib, Termiz tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari tomonidan qurilma atrofi temir panjaralar bilan o‘rab berildi.

Natijada fuqarolar, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda elektr qurilmasiga begona shaxslarning yaqinlashishining oldini olish bo‘yicha amaliy chora ko‘rildi. Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.